Unda Davlatimiz rahbarining joriy yil 23 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoni asosida Markaziy saylov komisiyasining bir guruh xodimlariga "O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi" esdalik nishoni topshirildi.
Tadbir avvalida MSK Raisi Zayniddin Nizamxodjayev so‘zga chiqib, barchani O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi bilan samimiy tabrikladi.