Anjuman davomida MSK raisi E.Pamfilova Rossiya hududida 96 mingdan ziyod saylov uchastkasi ochilgani va 108 milliondan ortiq fuqarolar saylovchilar ro‘yxatiga kiritilganligini qayd etib o‘tdi. Shuningdek, u o‘z so‘zida Rossiya Federasiyasi Federal Majlisining Davlat Dumasiga 450 mandat berilgani, Federal saylovlar bilan bir qatorda, Rossiya hududining 85 ta sub’yektida mintaqaviy va mahalliy darajadagi saylov kampaniyasi o‘tkazilayotganini qo‘shimcha qildi.
Axborot markazida o‘z faoliyatini olib borish uchun dunyoning 21 mamlaktidan 1372 mingga yaqin OAV vakillari akkreditasiyadan o‘tkazilgan. Shuningek, 40 ta xorijiy OAV vakillari to‘g‘ridan-to‘g‘ri Rossiya Markaziy saylov komissiyasida ovoz berish jarayonlari haqida ma’lumot olishmoqda.
1400 dan ortiq OAV vakillari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylov uchastkalarida, 13 mingdan ziyod jurnalistlar esa hududlarda o‘z faoliyatini olib borish maqsadida akkreditasiyadan o‘tkazilgan.
Takidlash joiz, Axborot markazida mahalliy va chet davlatlardagi Rossiya fuqarolari tomonidan ishonch telefonlariga kelib tushayotgan savollarga soha mutahassislari tomonidan javob qaytarilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 17-19-sentabr kunlari Rossiya Federasiyasida turli darajadagi saylovlar o‘tkaziladi. Asosiy ovoz berish kuni 19-sentabr kuni bo‘lib, saylov uchastkalari uch kun davomida mamlakat mahalliy vaqti bilan 8:00 dan 20:00 gacha ishlaydi.