• eye Maxsus imkoniyatlar
YXHT uzoq muddatli kuzatuvchilari saylov okrugida bo‘lishdi
28.09.2021
2064
Joriy yil 25 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 3-Buxoro saylov okrugida Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (DIIHB)ning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Saylovni kuzatish missiyasi (SKM) uzoq muddatli kuzatuvchilari Hayk Baddenhauzen va Martin Oknext bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv avvalida xalqaro kuzatuvchilar saylov okrugi, bu yerda yaratilgan sharoitlar, saylov komissiyasi huzuridagi matbuot markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Shundan so‘ng 3-Buxoro okrug saylov komissiyasi raisi T.Ochilov xalqaro kuzatuvchilarga joriy yil bo‘lib o‘tadigan Prezident sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha asosiy tadbirlar dasturiga muvofiq amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma’lumot berib o‘tdi. Kuzatuvchilar O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi bilan saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarning mazmun-mohiyati, ularning saylovlarni demokratik asoslarda tashkil etishdagi roli bilan tanishtirildi.

3-Buxoro okrug saylov komissiyasi huzuridagi matbuot markazi