• eye Maxsus imkoniyatlar
Xorijlik ekspertlar 14-Toshkent shahar saylov okrugi faoliyati bilan tanishdi
28.09.2021
1179
YXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining uzoq muddatli kuzatuvchilari Mark Voller hamda Kerstin Myullerlar 14-Toshkent shahar okrug saylov komissiyasi binosida bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Uchrashuvda OSK raisi O.Abduraxmonov mehmonlarni qabul qilib, hudud bo‘yicha ularga atroflicha ma’lumot berdi.

Bugungi kunda okrugda 822ta saylov uchastkasi, ularda 8891 nafar a’zolar bor. Barcha saylov uchastkalaridagi komissiyalar Prezident sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davrida o‘z ishini qonuniylik, mustaqillik, xolislik, ochiqlik, oshkoralik hamda shaffoflik tamoyillariga to‘la amal qilgan holda tashkil etadi.

Saylov uchastkalari aholi uchun qulay hududlarda bo‘lishiga alohida e’tibor qaratilib, keyingi besh yil ichida yangi qurilgan bino va inshootlarni tanlashga alohida e’tibor berildi. Hozirda barcha saylov uchastkalariga ko‘rsatkichlar, peshlavhalar va axborot stendlari tayyorlanib joylashtirilgan.