Xalqaro kuzatuvchilar okrugda yaratilgan sharoit va imkoniyatlar bilan tanishtirilib, komissiya a’zolarining saylov jarayonlarida faoliyat olib borishida barcha zaruriy sharoitlar yaratilgani, bepul Wi-Fi hududi tashkil etilgani, shuningdek, matbuot markazi faoliyat olib borayotgani bo‘yicha atroflicha ma’lumotlar berildi.
Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, Ineke Appel mamlakatimizga ikkinchi marotaba xalqaro kuzatuvchi sifatida kelgan. Asli o‘qituvchi bo‘lgan Yaana Karxilo kuzatuvchi sifatida ham faoliyat ko‘rsatadi.