Tadbirda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik yangilanishlar jarayoni, jumladan, O‘zbekiston Prezidenti saylovi milliy saylov qonunchiligi talablari hamda xalqaro e’tirof etilgan tamoyillar, umumiy, teng, to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan ochiq va oshkora o‘tkazilishi haqida so‘z yuritildi.
Ishtirokchilar Prezident saylovi kampaniyasining borishi, siyosiy partiyalar faoliyati va ular tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlarning saylovoldi dasturlari bilan tanishdi.
Fuqarolarimiz bilan muloqot davomida, shuningdek, elchixona huzurida tashkil etilgan saylov uchastkasida faoliyati taqdim etildi. O‘z navbatida, diplomatiya vakolatxonasida vatandoshlarimizning ovoz berishi uchun lozim bo‘lgan barcha qulay shart-sharoitlar yaratilganligi aytib o‘tildi.
Tadbirda joriy yil 24 oktyabr kuni o‘tkaziladigan Prezident saylovi mavzusidagi videorolik namoyish qilindi.