Tadbirda O‘zbekiston Prezidenti saylovi kampaniyasining borishi, davlat rahbarligiga nomzodlar va ularning saylovoldi dasturlari, milliy saylov qonunchiligiga kiritilgan so‘nggi o‘zgartirish va qo‘shimchalarning mazmun-mohiyati haqida atroflicha fikr yuritildi. Shu bilan birga, vakolatxona huzurida 53-saylov uchastkasi tashkil etilgani va unda saylovchilarni qabul qilish uchun barcha sharoitlar yaratilgani ham davra suhbati ishtirokchilarining e’tiboriga havola qilindi. Elchixona veb-sayti, ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari va Markaziy saylov komissiyasi veb-saytida saylov jarayoni haqida batafsil ma’lumot olish imkoniyati mavjud ekanligi qayd etilgani barobarida xorijdagi saylovchilarni ro‘yxatga olish https://saylov.mfa.uz portali orqali amalga oshirilayotgani ham ma’lum qilindi.
O‘zbekiston fuqarolari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldi.
Tadbirda Eronda vaqtincha istiqomat qilayotgan hamyurtimiz Sh.Istmatullayeva mamlakatimizdan uzoqda bo‘lishlariga qaramasdan vatandoshlar o‘rtasida doimiy aloqalar o‘rnatilganini ta’kidladi, ular davlatimiz tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotgani uchun mamnuniyat bildirdi va bu jarayonda elchixonalar alohida o‘rin tutayotganini qayd etdi. U O‘zbekiston Prezidenti saylovida o‘zi munosib topgan nomzodni yoqlab, ovoz berishini ma’lum qildi.