• eye Maxsus imkoniyatlar
OAV o‘rtasida ikki tomonlama memorandumlar imzolandi
06.10.2021
1190
Joriy yil 6 oktyabr kuni Markaziy saylov komissiyasi hamda “kun.uz”, “effekt.uz”,  “taftish.uz” internet nashrlari hamda “Darakchi” gazetasi o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlarida OAVlari bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda tayyorgarlik ishlarining olib borilishi va o‘tkazilishini yoritish bo‘yicha ikki tomonlama memorandumlar imzolandi.

Imzolangan memorandumlarni amalga oshirish doirasida barcha darajadagi saylov komissiyalarining faoliyatini izchil yoritib borish, siyosiy partiyalar va nomzodlar uchun ularning saylovoldi dasturlari qoidalari, mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy, sosial-iqtisodiy rivojlanishining muhim masalalariga oid mustaqil nuqtai nazarlarini saylovchilarga, jamoatchilikka yetkazishda ommaviy axborot vositalarida teng hajmda efir vaqti va nashr maydoni ajratish yo‘li bilan keng va teng imkoniyatlar yaratishga alohida e’tibor qaratiladi.


Ma’lumot uchun: Joriy yil 14 iyul kuni O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi, “Zo‘rTV” teleradikompaniyasi, “Uzreport” hamda “Dunyo” axborot agentliklari o‘rtasida, 27 avgust kuni “Xalq so‘zi”-“Narodnoye slovo”, “Yangi O‘zbekiston” - “Pravda Vostoka”, “Hurriyat”  gazetalari, “Human.uz”, “Qalampir.uz”, “Bugun.uz”, “Nova24.uz” internet nashrlari, «Bright Uzbekistan» axborot portali o‘rtasida Prezident saylovlarini yoritish bo‘yicha ikki tomonlama memorandumlar imzolangan edi.

Markaziy saylov komissiyasi
Matbuot xizmati