• eye Maxsus imkoniyatlar
Ozarbayjon oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan vatandosh talabalar saylov kampaniyasining borishi bilan tanishdi
06.10.2021
593
O‘zbekiston elchixonasida Ozarbayjon oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan vatandosh talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar bemorqda «Dunyo» AA muxbiri.

Uchrashuvda joriy yilning 24-oktabr kuni o‘tkaziladigan O‘zbekiston Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ishlari, yoshlarning saylovda ishtiroki hamda nomzodlarning saylovoldi dasturlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Elchi Bahrom Ashrafxonov talabalarga Prezident saylovini o‘tkazishga ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayonining mazmun-mohiyati, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, jumladan, Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yilida hayotga tadbiq etilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi so‘zlab berdi.

Ishtirokchilar O‘zbekistonda saylov qonunchiligiga kiritilgan so‘nggi o‘zgartishlar va yangi qabul qiligan Saylov kodeksining asosiy jihatlari bilan tanishdi.

Elchixona huzurida tashkil etilgan saylov uchastkasi, unda ovoz berish tartibi hamda Ozarbayjonda bo‘lib turgan mamlakatimiz fuqarolarining saylovchilar ro‘yxatiga kiritish bilan bog‘liq masalalar tushuntirildi.

Tadbir ishtirokchilari O‘zbekistonda ijtimoiy-siyosiy, madaniy-gumanitar sohalardagi  ijobiy o‘zgarishlarni, xususan, yoshlarning yetuk mutaxassislar bo‘lib yetishishi, zamonaviy bilim va kasblarni mukammal egallashi uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni qayd etdi.  O‘z navbatida, Prezident saylovida konstitusiyaviy huquqdan foydalanib, munosib nomzodga ovoz berishini birdirdi.