• eye Maxsus imkoniyatlar
O‘zbekiston Prezidenti saylovida mehnat migrantlarining muddatidan oldin ovoz berishi uchun saylov nuqtalari tashkil etilmoqda
06.10.2021
758
Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi tomonidan Yekaterinburg shahridagi «ASM Mebel» shirkatida mehnat faoliyatini olib borayotgan vatandoshlarimiz ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Tadbirda yurtdoshlarimizga joriy yil 24 oktyabr kuni mamlakatimizda o‘tkazilayotgan Prezident saylovida ishtirok etish tartibi bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Qatnashchilar so‘nggi yillarda davlatimiz tomonidan mehnat muhojirlarining haq-huquqlarini himoya qilish, ularning turmush tarzini yaxshilash, kasb-hunarga maqsadli o‘qitish va chet elga uyushgan holda ishga yuborish bo‘yicha qilinayotgan ishlarni yuqori baholadi.

Ochiq muloqot doirasida vatandoshlarimiz o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldi, konsullik vakolatxonasi va mehnat muhojirlari o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash bo‘yicha takliflar bildirdi.

«ASM Mebel» shirkati mutasaddilari bilan o‘tkazilgan uchrashuv chog‘ida  korxona hududida  muddatidan oldin ovoz berish nuqtasini  tashkil etish va ovoz berish jarayonini o‘tkazish yuzasidan  kelishib olindi.