• eye Maxsus imkoniyatlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida Siyosiy partiyalarning saylovda ishtirok etishini moliyalashtirish uchun ajratilgan mablag‘lar yuzasidan oraliq hisobotlari xususida
20.10.2021
2464

Mamlakatimiz siyosiy maydonida faoliyat olib borayotgan 5 ta siyosiy partiyalarning Prezident saylovidagi ishtirokini moliyalashtirish byudjet mablag‘lari hisobidan amalga oshirildi va  Markaziy saylov komissiyasi tomonidan xarajatlar smetasida ko‘zda tutilgan mablag‘lar qonunchilikda belgilangan muddatlarda moliyalashitirib berildi.

Siyosiy partiyalar Prezident saylovida olib borilgan saylov oldi tashviqoti bilan bog‘liq barcha xarajatlari byudjetdan ajratilgan mablag‘lar doirasida amalga oshirilgan.

Saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalardan kelib chiqib, saylovga 5 kunga qolganda ya’ni jori yilning 19-oktabr kuni barcha siyosiy partiyalar tomonidan oraliq hisobotlar Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etildi.