Uchrashuvda joriy yilda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish borasida olib borilayotgan ishlar xususan, saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirishlar, saylov kampaniyasini moliyalashtirish, saylov jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalardan foydalanish, Prezident saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalari faoliyati, chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan saylov uchastkalari kabi masalalar haqida so‘z yuritildi.
Ta’kidlash joiz, Markaziy saylov komissiyasining taklifiga binoan Prezident sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish jarayoni bo‘yicha kuzatuvni amalga oshiruvchi missiya tarkibi 18 nafar ekspertdan iborat.
Ular o‘z navbatida Respublikamizning okrug va uchastka saylov komissiyalariga tashrif buyurib saylov jarayonlarining borishi yuzasidan materiallar to‘plash va ularni tahlil qilish, saylov qonunchiligini huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi va saylovlarning ochiqlik va oshkoralik prinsiplariga baho beradi.
Markziy saylov komissiyasi
Matbuot xizmati