Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga va Saylov kodeksiga saylov jarayonini yanada demokratlashtirish va erkinlashtirish bo‘yicha o‘zgartish hamda qo‘shimchalar kiritilgani alohida ta’kidlandi.
Baxrom Kuchkarov o‘z so‘zida mamlakatimizga juda ko‘plab xorijiy mamlakatlar hamda xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar tashrif buyurgani, nafaqat xalqaro kuzatuvchilar, balki xalqaro OAV vakillari ham bugun mamlakatimizda bo‘lib turganini qayd etib o‘tdi. OAV vakillarining demokratik jarayonlarni haqqoniy va tezkor yoritishlari, kuzatuvchilarning saylov uchastkalari bo‘ylab erkin harakat qilishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Sigords Stradinsh tomonidan takidlanganidek, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi siyosiy-iqtisodiy munosabatlar juda muhim ahamiyat kasb etadi. Biz mamlakatingizning saylov qonunchiligi va amaliyotidan o‘rganish uchun keldik. Tajriba almashish barchamiz uchun foydali.