• eye Maxsus imkoniyatlar
Xalqaro kuzatuvchilarning tashrifiga doir
23.10.2021
687
23 oktyabr kuni Markaziy saylov komisiyasi raisi o‘rinbosari Baxrom Kuchkarovning Qozog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Petrov Konstantin Viktorovich va Qozog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati bo‘lim boshlig‘i Iskakov Dauren Tleukenovich bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda xalqaro kuzatuvchilar O‘zbekiston Prezidenti saylovi jarayonlari, unga tayyorgarlik ko‘rish ishlari xususida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. 

Qozog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi  o‘rinbosari Konstantin Petrov:

-“Saylovlarni o‘tkazish bo‘yicha ulkan ishlar amalga oshirilganini ko‘rdik. O‘zbekistonga kelishimiz bilan mamlakatda amalga oshirilgan islohatlatning samarasini ko‘rdik. Fuqarolar saylovlarda juda faol ekan, ular kelajagi uchun befarq emas. Ertaga saylov yuqori darajada o‘tishini tahmin qilyapmiz, chunki fuqarolar ham siyosiy partiyalar ham, fuqarolik jamiyati ham bu uchun harakat qilishmoqda. O‘tgan 5 yil davomida saylov qonunchiligi takomillashib, nogironligi bor shaxslarning saylov jarayonlarida ishtirok etishida   imkoniyatlar kengaytirilgani, barcha shart-sharoitlar yaratilganligining guvohi bo‘ldik. Saylov uchastkalarida fuqarolarning barcha qatlami uchun teng imkoniyatlar bor”.

Qayd etish joiz, Qozog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi vakillari Markaziy saylov komissiyasining taklifiga binoan parlament saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish jarayoni bo‘yicha kuzatuvni amalga oshiradi.