• eye Maxsus imkoniyatlar
Markaziy saylov komissiyasi raisi ishtirokidagi Matbuot anjumani
24.10.2021
1894
24 oktyabr kuni MSK Matbuot markazida Markaziy saylov komissiyasi ishtirokida Matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda muddatidan oldin ovoz berish natijalari haqida, saylov uchastkalarida ovoz berish boshlanganligi, milliy, xorijiy, xalqaro kuzatuvchilar turli hududlarga jarayonlarni kuzatayotganligi va saylovda OAV vakillari ishtiroki haqida ma’lumot berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi birinchi saylov uchastkasi 24 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 04:00 da Yaponiyaning Tokio, Janubiy Koreyaning Seul shaharlarida ochildi. O‘zbekiston Prezidenti saylovi esa AQSHning Nyu-York shahrida Toshkent vaqti bilan 25 oktyabr kuni soat 06:00 da yakunlanadi.


Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi saylov uchastkalarida saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchilar uchun muddatidan oldin ovoz berish sharoiti yaratildi. 2021 yil 14-20 oktyabr kunlari mamlakatimizda va horijda tashkil etilgan saylov uchastkalarida 421 618 nafar O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari muddatidan oldin ovoz berishda ishtirok etdi. Jumladan, ularning 301 094 nafari O‘zbekiston hududida ovoz bergan bo‘lsa, 120 524 nafar saylovchi xorijdan ovoz berdi. Muddatidan oldin ovoz berish jarayonlari 20 oktyabr soat 19.00 da to‘xtatildi. 


Saylovni jami 971 nafar xalqaro kuzatuvchi, jumladan yigirmaga yaqin nufuzli xalqaro tashkilotlardan, xususan Yevropada Xavfsizlik Hamkorlik Tashkilotning Parlament Assambleyasi va Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi va MDH Parlamentlararo Assambleyasi, Turkiy tilliy davlatlar hamkorlik kengashi, Turkiy kengash Parlament Assambleyasi hamda Islom hamkorlik tashkiloti va boshqalar xalqaro tuzilmalardan jami 631 nafar, dunyoning 50 ga yaqin davlatidan 340 nafar xalqaro kuzatuvchilar bevosita kuzatib boradi. Shuningdek, Saylov jarayonlarida ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash maqsadida jami 197 ta mahalliy ommaviy axborot vositalarining 1439 nafar vakillari va 140 dan ortiq nufuzli xorijiy ommaviy axborot vositalarining 233 nafar jurnalistlari, umumiy hisobda 1672 nafar mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari akkreditasiyadan o‘tkazildi.      

                           
MSK Matbuot markazi