• eye Maxsus imkoniyatlar
Sharq mamlakatlarida tashkil etilgan saylov uchastkalari ish boshladi
24.10.2021
1169
O‘zbekiston Respublikasining 37 ta xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida tuzilgan 54 ta saylov uchastkalari, xususan, Sharq mamlakatlarida tashkil etilgan saylov uchastkalari ish boshladi.

Ovoz berish birinchi bo‘lib O‘zbekiston Respublikasining Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Malayziya, Singapur, Indoneziya, Tailand, Hindiston va Rossiyaning Uzoq Sharqdagi vakolatxonalari huzurida tashkil etilgan saylov uchastkalarida boshlandi.

Xususan, O‘zbekistonning Indoneziyadagi elchixonasida tashkil etilgan 13 -saylov uchastkasida mahalliy vaqt bilan 8.00da ovoz berish jarayonlari boshlandi. Ovoz berish jarayoni O‘zbekiston Konstitusiyasi, Saylov kodeksi talablari hamda karantin qoidalariga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, xorijda yashayotgan fuqarolar ariza asosida, xorijdagi saylov uchastkasidagi (diplomatik yoki boshqa vakolatxonadagi) saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan. Arizalar yozma va elektron tartibda saylovga 15 kun qolgunga qadar  qabul qilingan.  Xorijdagi vatandoshlarimizning saylovga oid savollariga javob berish maqsadida Markaziy saylov komissiyasining  998 (55) 500-12-00 raqamli  ishonch-telefoni ishlab turibdi.