• eye Maxsus imkoniyatlar
Markaziy saylov komissiyasida Indoneziya parlamenti a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
26.10.2021
1701
Bugun, 26-oktabr kuni Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari B.Kuchkarov Indoneziya Respublikasi Parlamentining Vakillar palatasi Parlamentlararo hamkorlik qo‘mitasi raisi Fadli Zon bilan uchrashdi.

Tadbirda shuningdek, MSK a’zosi G.Rahimova, MSK bo‘lim boshlig‘i B.Ismailov, Parlamentlararo hamkorlik qo‘mitasi a’zolari ham ishtirok etdi.

Uchrashuvda B.Kuchkarov 24 oktyabrь kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi yuqori saviyada o‘tkazilgani, jarayonlarga har tomonlama puxta hozirlik ko‘rilgani va O‘zbekiston milliy saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgarishlarlarga to‘xtalib o‘tdi.

O‘z o‘rnida Fadli Zon kuni kecha bo‘lib o‘tgan saylovni katta qiziqish bilan kuzatganligini, saylov jarayonlari xalqaro mezonlar va standartlar asosida ochiqlik, oshkoralik, erkinlik va adolat kabi umume’tirof etilgan demokratik prinsiplarga to‘la mos holda, ko‘tarinki ruhda o‘tkazilganligini alohida e’tirof etdi.

Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish istagida ekanliklarini bildirib o‘tdilar.

 

Markaziy saylov komissiyasi

Matbuot xizmati