Saylov kodeksining 97-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi yakunlariga ko‘ra Markaziy saylov komissiyasining qarori saylovdan keyin o‘n kundan kechiktirmay qabul qilinadi. Mazkur qaror Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida va boshqa manbalarda e’lon qilinadi (hammaga ma’lum qilinadi).
Markaziy saylov komissiyasining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi yakunlariga bag‘ishlangan majlisi joriy yilning 29-oktabriga rejalashtirilgan. Majlisda tegishli qaror qabul qilingandan so‘ng saylov yakunlari va ovoz berish natijalariga oid ma’umotlar rasmiy e’lon qilinadi (hammaga ma’lum qilinadi).