• eye Maxsus imkoniyatlar
Inauguratsiya qanday marosim?
06.11.2021
2263
Inauguratsiya — davlat boshlig‘ining shu oliy lavozimini bajarishga kirishishi munosabati bilan o‘tkaziladigan tantanali marosim.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 92-moddasiga muvofiq, Prezident O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi yig‘ilishida quyidagi qasamyodni qabul qilgan paytdan boshlab o‘z lavozimiga kirishgan hisoblanadi:


“O‘zbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, respublikaning Konstitutsiyasi va qonunlariga qat’iy rioya etishga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga kafolat berishga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali qasamyod qilaman”.


Saylov kodeksining 65-moddasiga asosan,  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Markaziy saylov komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi natijalari rasmiy ravishda e’lon qilingan kundan e’tiboran kechi bilan ikki oy ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisida qasamyod qilgan paytdan e’tiboran o‘z lavozimiga kirishadi.