• eye Maxsus imkoniyatlar
28-noyabr kuni Qirg‘iz Respublikasida parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi
18.11.2021
1584
Markaziy saylov komissiyasi Raisi Zayniddin Nizamxodjayev boshchiligidagi O‘zbekiston delegasiyasi Qirg‘iz Respublikasi parlamenti saylovida ishtirok etadi.

O‘zbekiston delegasiyasi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, MDH Parlamentlararo Assambleyasi, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti, Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi, shuningdek YeXHT DIIHB kuzatuv missiyalari tarkibida saylovlarni monitoring qiladi.


Qirg‘iz Respublikasi Saylov va referendumlarni o‘tkazish bo‘yicha Markaziy komissiyasi tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, Qirg‘iz Respublikasi parlamentiga saylovlar so‘nggi o‘n yil ichida ilk bor aralash tizim asosida o‘tkaziladi. Hususan, 54 nafar deputat proporsional, 36 nafari majoritar tizim bo‘yicha saylanadi. 


Qirg‘iz Respublikasi Jogorku Kenesh deputatlari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha asosiy tashkiliy-amaliy chora-tadbirlarning kalendar rejasiga muvofiq, 28 noyabr kuni ovoz berish soat 08-00dan 20-00 gacha davom etadi. Saylov natijalari joriy yil 18 dekabr kunigacha e’lon qilinadi. 

Markaziy saylov komissiyasi
Matbuot xizmati