Gi Olivye FOR, Sorbonna universiteti faxriy professori (Fransiya):
– O‘zbekistonda 5 yil oldingi Prezident saylovida kuzatuvchi sifatida ishtirok etganman. O‘tgan va bu galgi saylov o‘rtasida ko‘plab farqlar bor.
Missiyamdan maqsad Prezidentlikka nomzodlar, ularning saylov dasturlari bilan tanishish. 2 nafar nomzod bilan uchrashdim. Oldingi saylovda nomzodlar 4 nafar edi, bu gal 5 nafarni tashkil etmoqda. Ular ancha yosh, hatto ayol nomzod ham bor.
Bu o‘zgarishlar menda yaxshi taassurot uyg‘otdi va ushbu holat O‘zbekistonda demokratik islohotlar o‘z samaralarini ko‘rsatayotganidan darakdir. O‘zbekiston to‘g‘ri yo‘lda. Demokratik davlat qurish ma’lum vaqtni oladi, shunga qaramay mamlakatingiz qisqa vaqtda juda katta yutuqlarga erishgan. Barcha islohotlar qadamma-qadam amalga oshirilmoqda va O‘zbekiston eng zo‘rlardan biri bo‘lib tez o‘smoqda.