• eye Maxsus imkoniyatlar
Andris Spruds: “Saylovchilar burch va mas’uliyatni juda yaxshi biladi”
24.11.2021
1060

Farg‘onaga tashrifim davomida viloyat markazi – Farg‘ona shahridagi bir necha saylov uchastkalarida bo‘ldim. Xususan, Farg‘ona davlat universitetida tashkil etilgan 71-saylov uchastkasi faoliyati bilan yaqindan tanishdim. Saylov jarayoni shaffoflik bilan o‘tdi. Saylovchilar bu boradagi o‘z burchi va mas’uliyatini juda yaxshi biladi. Saylov uchastkasi a’zolari, mahalliy kuzatuvchilar milliy Saylov kodeksi, xalqaro tamoyillarga muvofiq faoliyat ko‘rsatdi.

Universitetga tashrifim davomida ta’lim dargohida tashkil etilgan Qatag‘on qurbonlari muzeyida bo‘ldim. Yaqin tarix saboqlarini esdan chiqarmaslik uchun bu kabi muzeylar faoliyati juda ham zarur.