• eye Maxsus imkoniyatlar
Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning xalqaro kuzatuvchilar missiyalari rahbarlari bilan uchrashuvi haqida
30.11.2021
2700
Joriy yil 29 noyabr kuni Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov mamlakatda bo‘lib o‘tgan parlament saylovini kuzatgan xalqaro kuzatuvchilar missiyalari rahbarlari bilan uchrashdi. Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi delegasiyasi rahbari, Markaziy saylov komissiyasi Raisi Z.Nizamxodjayev qatnashdi.

Do‘stona va ochiq ruhda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Sadir Japarov MDH, KXSHT, SHHT, TurkPA, Turkiy Davlatlar Tashkiloti, Islom Hamkorlik Tashkiloti, YeXHTdan parlament saylovlarini kuzatishda ishtirok etgan xalqaro kuzatuvchilarga, shu jumladan, O‘zbekiston va Gruziya Respublikalari Markaziy saylov komissiyalari rahbarlariga chuqur minnatdorligini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, saylovda 700 dan ortiq xalqaro kuzatuvchilar ishtirok etgan.

O‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisi Z.Nizamxodjayev Qirg‘iziston Respublikasi Prezidentini parlament saylovini muvafaqqiyatli o‘tkazilganligi bilan tabriklab, saylovning yuqori saviyada o‘tishiga juda katta tayyorgarlik qilinganligini, murojaatlar bilan ishlash tizimi yaxshi yo‘lga qo‘yilganligini, saylov jarayonlariga axborot-kommunikasiya texnologiyalari samarali joriy etilganligini, kuzatuvchilarga barcha zarur sharoitlar yaratilganligini alohida ta’kidladi. Shuningdek, kuzatuvchilar saylov uchastkalarida mamlakat fuqarolariga saylov huquqini ta’minlash uchun barcha imkoniyatlar yaratilganliga guvoh bo‘lganliklarini qayd etib o‘tdi.