• eye Maxsus imkoniyatlar
Hududiy trenerlarga faxriy yorliqlar topshirildi
02.12.2021
1611

Markaziy saylov komissiyasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi ishtirokchilarini saylov qonunchiligiga oid bilimlarini oshirishda, saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni tashkil etishga bag‘ishlangan seminar-treninglarini olib borish hamda saylovni uyushqoqlik bilan o‘tkazishda o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shgan bir qator hududiy trenerlar – oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilarini rag‘batlantirish jarayonlari davom etmoqda.

Bugun Farg‘ona, Xorazm, Buxoro viloyatlarida 50 nafar viloyat trenerlariga Markaziy saylov komissiyasining faxriy yorlig‘i hamda viloyat hokimliklarining esdalik sovg‘alarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirlarda MSK a'zolari B.Yunusov, O.Qozixonova, S.Kurbonkulov, I.Kenjayeva hamda MSKning Saylov qonunchiligi va zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha o‘quv markazi rahbari X.Paluaniyazovlar ishtirok etdi.