Unda milliy saylov qonunchiligini targ‘ib qilish, saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni tashkil etishga bag‘ishlangan o‘quv mashg‘ulotlarini olib borish hamda saylovni uyushqoqlik bilan o‘tkazishda o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shgan 26 nafar hududiy trenerlarga Markaziy maylov komissiyasining faxriy yorlig‘i hamda viloyat hokimliklarining qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.
Tadbirda ishtirok etgan MSK a’zolari A.Ibodullayev va Sh.Jo‘rayevlar o‘z bilimi, kuch-g‘ayrati, shijoatini saylovni yuksak saviyada tashkil etishga safarbar etgan hududiy trenerlarning mehnatini alohida etirof etib ularga minnatdorchilik bildirishdi.