Liviya parlamentiga saylov 2022-yil 24-yanvar
Liviya Oliy milliy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko’ra 2022-yilning 24-yanvar sanasida Liviya parlamentiga saylov bo’lib o’tadi. Liviya parlamentiga jami 200 nafar vakillar saylanadi. Liviya OMSK ma’lumot berishicha 7-dekabr holatiga ko’ra 5 385 nafar nomzodlar ro’yxatdan o’tkazilgan.
Keniya umummiliy saylovi 2022-yil 9-avgust
Keniyada joriy yil umummilliy saylovlar bo’lib o’tadi. Keniyalik saylovchilar 2022-yilda Keniya Prezidentini, Keniya Milliy Assambleyasi hamda Senati a’zolarini, okrug gubernatorlari va 47 ta okrugning vakillik organlariga vakillarni saylashadi. Keniya konstitutsiyasiga ko’ra Keniya prezidentligiga saylov parlament saylovi bilan bir vaqtda o’tkazilishi kerak. Keniya parlamentining jami 337 nafar vakillari 5 yil muddatga saylanadi.
Angola umummilliy saylovi 2022-yil avgust
Joriy yil Angola Prezidenti hamda Milliy Assambleyasi saylovi bo’lib o’tadi. Angola Milliy Assambleyasiga jami 220 nafar vakil saylandi. Angola saylov senziga ko’ra angolalik saylovchi 18 yoshga to’lgan bo’lishi, bankrotlik holatida bo’lmasligi, jinoyat sodir etmagan bo’lishi, boshqa davlatning fuqaroligiga ega bo’lmasligi va muomalaga layoqatli bo’lishi zarur.