• eye Maxsus imkoniyatlar
2022-yil Osiyo mamlakatlarida bo'lib o'tadigan saylovlar
07.01.2022
910
2022- yil Osiyo mamlakatlarida turli darajada saylovlar bo'lib o'tishi kutilmoqda. Xususan, Janubiy Koreyada prezident saylovi, Filippinda prezidentlik, parlament va mahalliy saylovlar, Livanda parlament saylovlari, Hindistonda esa prezident va parlament saylovlari o'tkaziladi.

9-mart kuni Janubiy Koreyada prezidentlik saylovi bo'lib o'tadi. Janubiy Koreya Konstitutsiyasiga ko'ra mamlakat prezidenti umumiy, teng, to'g'ridan-to'g'ri va yashirin ovoz berish orqali saylanadi. Prezidentning vakolat muddati- besh yil. Saylovda 19 yoshga to'lgan va mamlakat fuqarolari ovoz berish huquqiga ega. Saylovlarda 40 yosh va undan katta bo'lgan, mamlakatda kamida besh yil yashagan Janubiy Koreya fuqarosi prezidentlikka nomzod bo'lishi mumkin. 

9-may kuni Filippinda prezidentlik, parlament va mahalliy saylovlar bo'lib o'tadi. Mazkur saylovlarda mamlakat fuqarolari  prezident va vitse-prezidentni, shuningdek, qonun chiqaruvchilarni va minglab mahalliy hukumat amaldorlarini saylaydilar.  Mamlakat Konstitutsiyasiga ko'ra, prezident Filippining 18 yoshga to'lgan fuqarolari tomonidan umumiy ovoz berish yo'li orqali, olti yillik muddatga saylanadi. Vitse-prezident ham mamlakat prezidenti bilan bir vaqtning o'zida saylanadi.  Filippin Kongresi (parlamenti) ikki palata Senat va Vakillar palatasidan iborat. Senatorlar olti yil muddatga, deputatlar esa 3 yillik muddatga saylanadi. 

15-may kuni Livanda parlament saylovlari bo'lib o'tadi. Livan saylov qonunchiligiga ko'ra, parlament saylovlari proporsional tizim asosida o'tkaziladi. 

25-iyul kuni Hindistonda prezident va parlament saylovlari bo'lib o'tadi. Qayd etish joiz, mamlakat prezidenti besh yil muddatga saylanadi.  Ovoz berish yashirin o'tkaziladi. Hindistoning 35 yoshga to'lgan fuqarolari prezidentlikka nomzod bo'lishlari mumkin.