Yig‘ilishda MSKning 2022 yil birinchi yarim yilligiga mo‘ljallangan ish rejasi ijrosini tashkil etish, yuqori turuvchi idoralardan kelib tushgan hujjatlar va topshiriqlarning ijrosini ta’minlash, MSKda mehnat intizomi hamda pandemiya sharoitida MSK binosida karantin qoidalariga rioya qilish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, o‘tgan yilda amalga oshirilgan ishlar atroflicha sarhisob qilinib, erishilgan yutuq va kamchiliklar tahlil qilindi. Ularni bartaraf etish yuzasidan zarur ko‘rsatmalar berildi. Yil yakuniga qadar qilinishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalar belgilab olindi.
Markaziy saylov komissiyasi
Matbuot xizmati