Bugun Toshkent viloyati hokimligida 2021-yil 24-oktabr kuni mamlakatimiz hayotidagi muhim siyosiy tadbir – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazishda faollik ko‘rsatgan 10-Toshkent viloyati okrug saylov komissiyasi a’zolarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Unda Markaziy saylov komissiyasi a’zosi Suyarjon Qurbonqulov, Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzayev, shuningdek davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdilar.
Tadbirda 10-Toshkent viloyati okrug saylov komissiyasida samarali faoliyat ko‘rsatgan bir guruh fidoyi insonlar mehnati e’tirof etildi. Qayd etish joiz, komissiya o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksi, Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan Kalendar rejasi hamda amaldagi qonun hujjatlari asosida olib bordi. Uning tarkibi jami 21 nafardan iborat bo‘lib, ulardan 7 nafarini ayollar tashkil etdi. Viloyat bo‘yicha 900dan ziyod saylov uchastkalari aholi uchun qulay hududlarda bo‘lishiga alohida e’tibor qaratilib, imkon qadar, keyingi besh yil ichida yangi qurilgan bino va inshootlar tanlandi.