Bugun Markaziy saylov komissiyasida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA)ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazildi.
Mazkur uchrashuvda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA)ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi vakillari, katta vakil Takamura Yoshimasa, vakil Omori Shun hamda loyiha katta xodimi Sharipov Sharifzodalar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan rais oʻrinbosari Baxrom Kuchkarov, Markaziy saylov komissiyasining doimiy aʼzosi Gulnoza Raximova hamda xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi Murodilla Alimbaev ishtirok etishdi.
Muzokaralar davomida tomonlar boshlanayotgan hamkorlikning muhim ahamiyati, JICAning muhim loyihalarini saylov jarayonlariga muvofiqlashtirish xususan, kelgusi saylovlarda saylovchilar uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida zamonaviy loyihalarni tatdbiq etishda kutiladigan natijalar muhokama qilinib istiqboldagi hamkorlikka xayrixohlik bildirib oʻtildi.
Markaziy saylov komissiyasi