• eye Maxsus imkoniyatlar
KOREYA XALQARO HAMKORLIK AGENTLIGI (KOICA)NING OʻZBEKISTONDAGI VAKOLATXONASI VAKILLARI BILAN UCHRASHUV OʻTKAZILDI
02.03.2022
1219
Bugun Markaziy saylov komissiyasida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA)ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Mazkur uchrashuvda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA)ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi direktori Park Sunjin, loyihalar boʻyicha koordinatori Shukurov Shukurullo Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizamxodjayev, rais oʻrinbosari Baxrom Kuchkarov, MSK doimiy aʼzosi Gulnoza Raximova hamda xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi Murodilla Alimbaev ishtirok etishdi.

KOICAning rivojlanish dasturlari, asosan, Koreyaning rivojlanish tajribasiga tayangan boʻlib, ushbu dasturlar yuqori sifatli hayot kechirishni taʼminlashga intiladi va dunyoni yanada yaxshiroq qilishga harakat qiladi. “KOICA bilan birga butun dunyo xalqlari uchun farovon hayotga erishish” shiori asosida, oʻzining chet ellardagi 48 ta vakolatxonalari orqali turli xil grant dasturlarini amalga oshirib, texnik yordamlar koʻrsatadi.

Muzokaralar davomida kelgusi saylov jarayonlariga zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etilishini yanada rivojlantirish boʻyicha xalqaro tajribani oʻrganish va xalqaro tashkilotlardan saylov va saylov qonunchiligi boʻyicha yuqori malakali mutaxassis va ekspertlarni jalb qilgan holda tajriba orttirish maqsadida maxsus oʻquv-seminarlar tashkil etish hamda boshqa yoʻnalishlarda ham koʻzlangan masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar oʻrtaga tashlandi. Tomonlar oʻrtasida kutiladigan natijalar muhokama qilinib istiqboldagi hamkorlikka loyihalar atroflicha muhokama qilindi.