• eye Maxsus imkoniyatlar
Boʻshab qolgan oʻrinlarga mahalliy Kengash deputatlari saylovini oʻtkazishning dolzarb masalalariga bagʻishlangan seminar davom etmoqda
04.03.2022
1166

Avval xabar berganimizdek, Markaziy saylov komissiyasi tomonidan 1,4-5 -mart kunlari “Bo‘shab qolgan o‘rinlarga mahalliy Kengash deputatlari saylovini o‘tkazishning dolzarb masalalari” mavzusidagi o‘quv seminarlari bo‘lib o‘tdi.

Zoom platformasi orqali bo‘lib o‘tgan onlayn mashg‘ulotlarda Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizamxodjayev, Kotibiyat mudiri Xudoyor Mamatov, doimiy aʼzolar Suyarjon Kurbankulov, Baxodir Yunusov hamda o‘quv markazi rahbari Xolmuhammad Paluaniyazov ishtirok etib “Okrug va uchastka saylov komissiyalari tarkibini tasdiqlash va faoliyatini tashkil etish. Binolarni jihozlash”, "Bo‘shab qolgan o‘rinlarga mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlarni, ishonchli vakillarini hamda siyosiy partiyalar kuzatuvchilarini ro‘yxatga olish" kabi mavzularda maʼruzalar olib borildi.

O‘quv seminarida qatnashayotgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, Toshkent shahar va viloyat saylov komissiyasi, raisi, o‘rinbosari, kotibi hamda boshqa mutasaddilarga saylovlar davrida vujudga kelayotgan muammolar hamda kamchiliklarni bartaraf etish, saylov qonunchiligiga oid savollariga batafsil tushuntirishlar berib o‘tildi.