Mazkur saylov jarayonlarini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining doimiy aʼzosi Suyarjon Kurbankulov, xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi Murodilla Alimbaev hamda axborot va kommunikatsiyalar boʻlimi boshligʻi Muzaffar Satayev Hindiston saylov komissiyasining Xalqaro saylovga tashrif buyurish dasturi (IEVP) asosida tashkil etilgan video konferensiya tarzidagi uchrashuvi davomida kuzatib bordi.
Kuzatuvchilar onlayn muloqot davomida shtatlardagi ovoz berish jarayonlarini jonli efiri orqali kuzatib borishdi. Shuningdek, Hindiston saylov komissiyasining Bosh kotibi Umesh Sinxa tomonidan “Hindistondagi saylov jarayonining asosiy jihatlari” mavzusida xalqaro kuzatuvchilar uchun taqdimot oʻtkazildi.