• eye Maxsus imkoniyatlar
12-mart kuni Turkmaniston Prezidentligiga navbatdan tashqari saylov bo‘lib o‘tadi
09.03.2022
954
Avval xabar berganimizdek, Turkmanistonda 2022-yil 12-mart kuni Turkmaniston Prezidentligiga navbatdan tashqari saylov bo‘lib o‘tadi. Mazkur saylovda prezidentlikka 9 nafar nomzod ishtirok etmoqda. 

Mazkur saylovda muddatidan oldin ovoz berish 2-mart sanasida boshlanib 11-mart soat 18:00 da qadar davom etadi. 6-mart holatiga ko‘ra, mamlakatda saylovchilarning 2,54 foizi muddatidan oldin ovoz bergan.

Ovoz berishning asosiy kuni 12-mart sanasida ovoz berish jarayonlari mahalliy vaqti bilan soat 07.00 dan 19.00 gacha bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekistondagi Turkmaniston fuqarolari 12-mart kuni o‘tkaziladigan Turkmaniston Prezidenti saylovida ushbu mamlakatning Toshkentdagi elchixonasida tashkil etilgan 1-saylov uchastkasida ovoz berishda qatnashishlari mumkin bo‘ladi.

Mazkur saylovda Oʻzbekiston delegatsiyasidan iborat kuzatuvchilar ishtirok etadi.