• eye Maxsus imkoniyatlar
MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASIDA "SAYLOV SOHASI BOʻYICHA YETAKCHILIK" MAVZUSIDA O'QUV TRENINGI OʻTKAZILDI
11.03.2022
1240
 9-10 mart kunlari Markaziy saylov komissiyasi va IFES xalqaro saylov tizimlari jamgʻarmasi hamkorligida “Saylov sohasi bo'yicha yetakchilik" mavzusida onlayn formatdagi oʻquv treningi oʻtkazildi.

Ikki kun davom etgan oʻquv mashgʻulotida Markaziy saylov komissiya aʼzolari hamda Kotibiyat xodimlari ishtirok etishdi. Oʻquv mashgʻuloti Xalqaro saylov tizimlari jamgʻarmasi (IFES) tomonidan saylov ma'murchiligi boʻyicha yetakchilikni rivojlantirish uchun maxsus ishlab chiqilgan iExcel dastur asosida tashkillashtirildi.

Ishtirokchilar oʻquv mashgʻulotlari davomida saylov yetakchilari nafaqat barcha saylov tartib-qoidalarini mukammal bilishi, balki dezinformatsiya yoki texnik inqirozlar kabi zamonaviy muammolarni tezkorlik bilan hal etish uchun o‘ziga xos yetakchilik fazilatlari va ko‘nikmalariga doir maʼlumotlarga ega boʻlishdi.