Bugun Turkmaniston Saylov va referendumlar oʻtkazish markaziy komissiyasi raisi Gulmurat Muradov Turkmanistonga Prezidentlik saylovida xalqaro kuzatuvchi sifatida tashrif buyurgan Oʻzbekiston delegatsiyasidan iborat hamkasblari bilan uchrashdi.
Gulmurat Muradov oʻz hamkasblarini saylovning borishi, olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari, shuningdek, saylov uchastkalarida xavfsizlikni taʼminlash va ovoz berishni tashkil etish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar haqida maʼlumot berdi.
Shuningdek, suhbat davomida tomonlar Oʻzbekiston va Turkmaniston oʻrtasida soʻnggi yillarda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, madaniy va yaxshi qoʻshnichilik aloqalarida erishilayotgan yutuqlarni muhokama qilib oʻtishdi.