O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “G.M.Marufovani O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi etib tayinlash to‘g‘risida”gi 2022-yil 28-fevraldagi PF-80-son Farmoniga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16 va 75-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi G.M.Marufovani O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi etib ro‘yxatga olish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Shu munosabat bilan, 9-mart kuni Markaziy saylov komissiyasi Raisi Zayniddin Nizamxodjayev tomonidan Oliy Majlis Senati a’zosi Gulnora Marufovaga ko‘krak nishoni va guvohnoma topshirildi.