Avval xabar berganimizdek, bugun 12-mart kuni Turkmanistonda navbatdan tashqari Prezidentlik saylovlari o‘tkazilmoqda.
Prezidentlik saylovlarini kuzatish maqsadida Ashxobod shahrida boʻlib turgan MSK Raisi Zayniddin Nizomxodjayev boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi vakillari Ashxobod shahridagi 2,31,46,59 hamda 5-saylov uchastkalaridagi saylov jarayonlari, ovoz berishni tashkil etish boʻyicha koʻrilgan chora-tadbirlar, aholining saylovdagi ishtiroki bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, ovoz berish jarayonini 2726 nafar mahalliy kuzatuvchilar qatorida Turkmaniston tomonining taklifiga binoan mamlakatga MDH, Turkiy davlatlar kengashi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti, shuningdek, bir qator qo‘shni davlatlardan kuzatuvchilar ishtirok etmoqda.