Ovoz berishda ro’yxatdan o’tgan 3 mln 460 ming 80 saylovchilarning 97,17 foizi yoki 3 mln 362 ming 053 nafar saylovchi ishtirok etdi.
Saylovda 9 ta nomzod ishtirok etdi. Ovoz berish natijalari nomzodlar bo’yicha quyidagicha:
Lebop viloyati moliya-iqtisodiyot o’rta maktabi direktori Perxat Guvanchguliyevich Begendjov – 2,02%
Mari viloyat hokimi o’rinbosari Agadjan Bekmuradov – 7,22 %
Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisi o’rinbosari Serdar Gurbanguliyevich Berdimuxammedov - 72,97 %
“Awaza” sanatoriyasi bosh shifokori, Turkmaniston Mejlisi deputati Berdimammet Xanmamedovich Kurbanov – 2,22 %
«Wepaly gurluşyk» xo’jalik jamoasi direktori Meredov Babamurat Tirkeshovich -1,08 %
Turkmaniston davlat jismoniy tarbiya va sport instituti ilmiy ishlar bo’yicha prorektori Xidir Kakabayevich Nunnayev – 11,09 %
Turkmaniston demkoratik partiyasi Toshhovuz viloyati Saparmurod Turkmanboshi etrapi qo‘mitasi rahbari Maksat Miradovich Odeshov 1,15 %
Axal viloyati Babadayxon etrapi sanitar-epidemiologik xizmati rahbari Maksatmurad Ashirgeldiyevich Ovezgeldiyev 1,16 %
Turkmaniston davlat energetika instituti «Qayta tiklanuvchi energiya manbalari» ishlab chiqarish markazi direktori Kakageldi Atajanovich Sariyev 1,09 % .
Turkmaniston Saylov kodeksining 76-moddasiga ko’ra, Turkmaniston Markaziy saylov komissiyasining 2022-yil 14-martdagi qaroriga asosan Serdar Gurbanguliyevich Berdimuxammedov 72,97 % ovoz bilan Turkmaniston Respublikasi Prezidenti deb e’lon qilindi.