Xabar berganimizdek, MSK ishchi guruhi hududlarda saylov amaliyotini o’rganmoqda. Ishchi guruhning navbatdagi safari Qashqadaryo viloyatida davom etyapti. Ishchi guruhda joylarda saylov uchastkasi jihozlari: davlat ramzlari (bayroq, gerb), ovoz berish kabinalari, saylov qutilari, ko’chma saylov qutilarining holatlari va miqdorini xatlovdan o’tkazdi.
Markaziy saylov komissiyasining 2022-yil birinchi yarim yilligiga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq ishchi guruh tomonidan Qashqadaryo viloyati Xalq deputatlari viloyat (shahar va tuman) Kengashlariga saylov o‘tkazuvchi saylov komissiyalari tomonidan Saylov kodeksi normalarining bir xilda qo‘llanilishi hamda mahalliy Kengashlarning bo‘shab qolgan o‘rinlariga saylovlarni tashkil etish va o‘tkazish amaliyoti o‘rganildi.
O‘rganish natijalari bo‘yicha saylovlarni tashkil etish va o‘tkazish, saylov jihozlarini saqlanishi ta’minlash holati tegishli saylov komissiyalari a’zolari, mahalliy hokimliklarning mutasaddi vakillari bilan birgalikda tahlil qilindi,aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rildi hamda ularga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatildi.