• eye Maxsus imkoniyatlar
Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi
15.04.2022
1421
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlis kun tartibidan Surxondaryo hamda Qashqadaryo viloyatida xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga saylov o‘tkazuvchi saylov komissiyalari tomonidan Saylov kodeksi normalarining bir xilda qo‘llanilishi va mahalliy kengashlarning bo‘shab qolgan o‘rinlarga saylovlarni tashkil etish va o‘tkazish amaliyotini hamda saylov jihozlarining saqlanish holatini manzilli o‘rganish natijalari, shuningdek, MSK ning 2022 yil birinchi yarim yillik ish rejasining 1-chorak yakunlari bo‘yicha ijrosi to‘g‘risidagi masalalar o‘rin oldi.

Majlisida MSK a’zolari, Kotibiyat mas’ul xodimlari, OAV vakillari hamda onlayn formatda Surxondaryo hamda Qashqadaryo viloyatlari saylov komissiyalari raislari, rais o‘rinbosarlari, kotiblari hamda viloyat xokimliklarining mutasaddilari ishtirok etdi.

Majlisda, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatining xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga saylov o‘tkazuvchi saylov komissiyalari faoliyatini o‘rganish natijalari eshitilib,  MSK ishchi guruhi tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mazkur saylov komissiyalar ishini takomillashtirish hamda Saylov kodeksi talablarini qo‘llash amaliyotini yaxshilash bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif-tafsiyalari muhokama qilindi. 

Shuningdek majlisda MSK ning 2022 yil birinchi yarim yillik ish rejasining 1-choragida ijrosi ko‘rib chiqildi.

Ta’kidlanishicha, Ish reja ijrosi doirasida MSK ning normativ-huquqiy bazasini hamda saylov qonunchiligini qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirish, faoliyatining ochiqligini ta’minlash va jamoatchilik bilan aloqalarni mustahkamlash, saylov jarayonlariga zamonaviy o‘quv texnologiyalari va uslubiy yondashuvlarni tatbiq etish, xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish kabi  yo‘nalishlarda bir qator amaliy tadbirlar amalga oshirildi. Kelgusida yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish uchun komissiya a’zolari kotibiyat xodimlari mas’uliyatni yanada oshirishlari lozimligi qayd etildi.

Majlisda Komissiya vakolatiga taalluqli boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.

 


Markaziy saylov komissiyasi

Matbuot xizmati