• eye Maxsus imkoniyatlar
Markaziy saylov komissiyasi vakillari virtual davra suhbatida ishtirok etdi
22.04.2022
1558
2022-yil 20-aprel kuni Xalqaro parlament tadqiqotlari markazi tashabbusi bilan «Ijtimoiy tarmoqlarning saylovlardagi o‘rni: 2030-yilda bu qanday o‘zgaradi?» mavzusida virtual davra suhbati tashkil etildi.

Zoom platformasidan tashkil etilgan onlayn tadbirda 100 dan ortiq tinglovchilar qatorida Markaziy saylov komissiyasining Matbuot xizmati vakillari ham ishtirok etishdi.

Virtual davra suhbati kun tartibidan 2030-yillarda ijtimoiy media strategiyalar, ijtimoiy tarmoqlardagi o‘zgarishlar, dezinformasiyaning yangi ko‘rinishlari va ularga qarshi kurashish usullari, kelajakdagi ijtimoiy media muammolarining yechimlari kabi mavzular o‘rin oldi.

Ushbu virtual tadbir kelgusi o‘n yillikda ijtimoiy media uchun zamonaviy strategiyalar ishlab chiqish, dezinformasiyaning zamonaviy ko‘rinishlariga qarshi kurashish, saylovni boshqarish organlarining ishonchni mustahkamlovchi ma’lumotlarni shaffofligini ta’minlash borasidagi bilimlarini oshirishda muhim ahamiyatga ega.

Markaziy saylov komissiyasi

Matbuot xizmati