• eye Maxsus imkoniyatlar
Fransiya Prezidentlik saylovining dastlabki natijalari e'lon qilindi
25.04.2022
571
Fransiya Ichki ishlar vazirligi prezidentlik saylovining ikkinchi bosqich dastlabki natijalarini e'lon qildi. Bu yilgi saylov beshinchi respublika tarixida saylovchilar ishtiroki bo'yicha eng past natijalardan birini ko'rsatdi. Saylovchilar ishtiroki 71,99 foizni tashkil etmoqda.

Dastlabki natijalarga ko'ra, Fransiyaning amaldagi prezidenti Emmauel Makronni qo'llab 58,55 foiz saylovchi ovoz bergan. 

"Milliy birlashuv" partiyasi nomzodi Marin Le Pen 41,45 foiz ovoz olgan. Siyosatchi kurashni shu yil yozda o'tkaziladigan parlament saylovida davom ettirishini e'lon qildi. Fransiya Konstitutsiyaviy kengashi yakuniy natijalarni chorshanbaga qadar e'lon qilinishini xabar berdi. 

Emmanuel Makron Fransiya tarixida eng yosh saylangan prezident. 2017-yil mamlakat rahbari sifatida faoliyatini boshlaganda 39-yoshda edi.