Ushbu qonunning 10-moddasida yuqoridagi savolga quyidagicha javob berilgan:
Fuqarolar yig’ini raisi saylovini o’tkazish muddatlari va tartibi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi tomonidan belgilanadi. Saylov o’tkazish muddatlari saylov boshlanishidan kamida 2 oy oldin Senat tomonidan belgilanadi.
Fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqoli) saylovini o’tkazish Senat Kengashi tomonidan tuzilgan Respublika komissiyasi vakolatiga kiradi.
Eslatma: Markaziy saylov komissiyasi O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlari hamda O'zbekiston Respublikasi referendumini o'tkazishda vakolatli organ hisoblanadi.