Saylovning dastlabki natijalariga ko'ra mamlakat Prezidenti lavozimiga asosiy davogar sifatida Kichik Ferdinand Markos ko'rilmoqda. COMELEC ochiq serverlari ma’lumotiga ko’ra Kichik Ferdinand Markosni yoqlab 30 million saylovchi yoki ovoz berishda ishtirok etganlarning 58.9 % foizi ovoz bergan.
Keyingi o'rinni mamlakatning amaldagi vitse-prezidenti Leni Robredo 14 million ovoz bilan egallab turibdi. Yakuniy natijalar bir hafta ichida e'lon qilinadi.