• eye Maxsus imkoniyatlar
MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI RAISI Z.NIZAMXODJAYEV BOSHCHILIGIDAGI OʻZBEKISTON MISSIYASI VAKILLARI QOZOGʻISTONGA TASHRIF BUYURDI
04.06.2022
666

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisi Z.Nizamxodjayev boshchiligidagi missiya vakillari 5-iyun kuni Qozogʻiston Respublikasida oʻtkaziladigan Respublika referendumining borishini kuzatish maqsadida Nur-Sulton shahrida boʻlib turishibdi.

Bugun, Qozogʻiston Respublikasi Markaziy referendum komissiyasi raisi Nurlan Abdirov Qozogʻistonga referendumda xalqaro kuzatuvchi sifatida tashrif buyurgan Oʻzbekiston missiyasidan iborat hamkasblari bilan uchrashdi.

Nurlan Abdirov uchrashuv davomida Konstitutsiyaga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalarning mazmun-mohiyati, referendum yuzasidan olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari, xalqaro kuzatuvchilar hamda jarayonlar yoritishda ommaviy axborot vositalari vakillari uchun yaratib berilgan shart-shahroitlar xususida maʼlumot berib oʻtdi.

Mazkur referendumni kuzatish maqsadida 11 ta xalqaro tashkilotdan 209 nafar, 25 ta davlatdan 63 nafar hamda 11 ta saylov tashkilotidan 200 nafardan ortiq kuzatuvchilar ishtirok etmoqda.