• eye Maxsus imkoniyatlar
30-iyun Yoshlar kuni munosabati bilan
30.06.2022
3232
Mamlakatimizda 30-iyun – Yoshlar kuni sifatida keng nishonlanishi xayrli anʼanaga aylandi.

Bu bayram zamirida Yangi Oʻzbekiston yoshlarining porloq kelajagiga qaratilayotgan ulkan eʼtibor va gʻamxoʻrlik mujassam. Jismoniy va maʼnaviy barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishdek umummilliy maqsadni amalga oshirish uchun davlatimiz va jamiyatimizning barcha kuch va imkoniyatlari safarbar etilmoqda.

Mamlakatimizda yoshlarning huquq va manfaatlarini, jumladan, saylov huquqini taʼminlash borasida mustahkam tashkiliy va huquqiy asoslar yaratilgan.

Taʼkidlanganidek, oʻzining ijodiy va intellektual salohiyati, tanlagan kasb yoʻnalishi va ijtimoiy hayotda erishgan muhim natijalari bilan turli sohalarda yurtimiz ravnaqiga, uning xalqaro nufuzini yuksaltirishga munosib hissa qoʻshayotgan, tengdoshlariga oʻrnak va namuna boʻlib kelayotgan faol va yetakchi yoshlarimiz bilan faxrlanamiz.

Barcha oʻgʻil-qizlarimizni Yoshlar kuni bilan samimiy qutlaymiz. Ularga sihat-salomatlik, ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! Ilm oʻrganishdan, koʻzlagan maqsadlaringiz sari dadil qadamlar tashlashdan charchamang, deb ezgu tilaklar bildiramiz.

Markaziy saylov komissiyasi jamoasi