Ehtiyojlarni baholash missiyasining tashrifidan ko‘zlangan maqsad referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha ishlarni tashkil etish bilan tanishish, shuningdek, referendum to‘g‘risidagi milliy qonunchilikning umume’tirof etilgan xalqaro standartlarga muvofiqligini tahlil qilishdan iborat.
DIIHB Missiyasi xulosalari asosida YXHT bo‘lajak respublika referendumini kuzatishning maqsadga muvofiqligi, uning formati, davomiyligi va kuzatuvchilar tarkibi to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Tashrif davomida missiya mutaxassislari Markaziy saylov komissiyasi raisi, qator vazirlik va idoralar, ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashadi.
Markaziy saylov komissiyasi