• eye Maxsus imkoniyatlar
Angolada umummilliy saylov bo'lib o'tdi
26.08.2022
481
24-avgust kuni Angolada prezidentlik hamda parlament saylovlari bo'lib o'tdi.

Angolada parlament saylovi 2 xil tarzda amalga oshiriladi: 130 o'rin uchun yopiq ro'yxatli proporsional tizimda, 90 nafari esa 18 ta okrugda d'Hondt usulidagi ochiq ro'yxatli proporsional tizimda saylanadi. 

Ovoz berishda ishtirok etish uchun saylovchilar 18 yoshga to'lgan bo'lishi, qo'sh fuqarolikka ega bo'lmasligi, aqlan zaif va jinoiy javobgarlikka tortilmagan bo'lishi kerak. 

Angolada saylovlar ertalab 7:00 da boshlanib 17:00 da tugaydi. Angola saylov komissiyasining Al-Jazira nashriga xabar berishicha 86 % ovozlar sanab chiqilgan. Natijalarga ko'ra hukmron partiya MPLA 52 %, muxolifatdagi UNITA partiyasi 44.1 % ovoz to'plagan. 

Prezident saylovidagi dastlabki natijalarga ko'ra Joau Lourenso 51.08%, muxolifatchi Adalberto Kosta Junior 44.05 % ovoz to'plagan. 

Angolada ro'yxatdan o'tgan saylovchilar soni 13 million 973 ming kishini tashkil etadi.