Qadrli vatandoshlar!
Markaziy saylov komissiyasi jamoasi barcha vatandoshlarimizni mamlakatimiz davlat mustaqilligining 31 yillik bayrami bilan samimiy muborakbod etadi.
Davlatimiz rahbari alohida taʼkidlaganidek, mustaqillik gʻoyasi, istiqlol ruhi xalqimizga doimo togʻdek tayanch boʻlib qolaveradi.
Milliy saylov tizimining shakllanishi va rivojlanishi Vatanimizning davlat mustaqilligi bilan bevosita bogʻliqdir. Istiqlol yillarida, ayniqsa, soʻngi yillarda, milliy anʼanalarimiz va xalqaro saylov standartlariga binoan davomiy rivojlanib bormoqda.
Mamlakatimiz va xalqimiz hayotidagi muhim siyosiy voqea - milliy Konstitutsiyamizni isloh qilish borasida oʻz vaqtida boshlangan izchil ishlar ham ana shunday buyuk oʻzgarishlarga va yuksalishga xizmat qiladi.
Konstitutsiyaviy islohotlar yuzasidan boʻladigan referendum esa xalqimizning ahil-inoqligida, yurtimizda mustahkam qaror topgan tinchlik-osoyishtalikda, milliy qonunchiligimiz va xalqaro standartlarga rioya qilingan holda, muvaffaqiyatli oʻtishiga ishonamiz. Bu esa jonajon Oʻzbekistonimizning xalqaro maydondagi nufuzining yanada yuksalishida muhim omil boʻlishi shubhasiz.
“Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” degan bosh gʻoyani oʻzida mujassam etgan eng ulugʻ va muqaddas bayramimiz - istiqlol ayyomi shukuhi oilalarimiz davrasida, qalblarimizda davom etaveradi.
Hamisha navqiron va betakror yurtimizdan tinchlik-xotirjamlik, osoyishtalik va farovonlik, hayotingizdan, xonadoningizdan esa hech qachon fayzu baraka, quvonch arimasin. Vatanimiz ravnaqi yoʻlida olib borayotgan saʼy - harakatlaringizda yuksak muvofaqiyatlar va omadlar yor boʻlishini tilaymiz.
Buyuk istiqlol ayyomingiz muborak boʻlsin!
Zayniddin NIZAMXODJAYEV,
Oʻzbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasi Raisi